O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Ommaviy axborot vositalarida “Nomi ochiqlanmagan tadbir uchun 1,1 mlrd sarflandi” mavzusida chop etilgan maqola yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 71-moddasi birinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkinligi belgilangan.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ-3953-sonli qarori ilovasining 10-bandida, Sport, madaniy-ommaviy tadbirlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, anjumanlar, seminarlar va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun binolar, inshootlar va asbob -uskunalarni ijaraga olish;
19-bandida, Madaniy-ommaviy tadbirlarga chiptalar;
28-bandida, Xalqaro va davlatlararo darajadagi tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan -to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi mumkinligi belgilangan.
Yuqoridagilardan asosan, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilganligi belgilari aniqlanmadi.