Bugungi kunda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — Konstitusiyaviy islohotlar amalga oshirilmoqda. “O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasi parlament quyi palatasida birinchi o’qishda qabul qilinib, 25 iyundan boshlab umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi. Ayni kunlarda mazkur Konstitusiyaviy qonun loyihasi barcha idora va tashkilotlarda, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinib, takliflar berilmoqda.
Bugun O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida tashkil etilgan tadbir ham ayni shu maqsadga qaratildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakili T.SH.Eshnazarov, Qo’mita raisi SH.SHaraxmetov, rais o’rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, hududiy boshqarmalar va xodimlari, Qo’mita xuzuridagi Iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish agentligi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi SH.SHaraxmetov kirish so’zi bilan ochar ekan, Konstitusiyaviy islohotlarning ahamiyati, ko’zda tutilayotgan yangilik va o’zgarishlar yuzasidan to’xtalib o’tdi.