Tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilish va tartibga solish bo‘limining vazifalari va funksiyalari

 

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tovar, moliya va raqamli bozorlarning raqobatbardoshligini tahlil qilish;

Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy idoralarini metodik ta’minlash, hamda Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy organlari faoliyatini muvofiqlashtirish (koordinatsiyalash).

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

mustaqil ravishda yoki Qo‘mitaning hududiy organlari, tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tovar, moliya va raqamli bozorlar holatini tahlil va monitoring qiladi;

raqobatni rivojlantirish, shuningdek bozor munosabatlari va tovar, moliya va raqamli bozorlarning monopoliyaga qarshi tahlilini takomillashtirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tegishli bozorlarda munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

tovar, moliya va raqamli bozorlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi/ishlab chiqadi;

Qo‘mitaning Yuridik ta’minlash bo‘limi bilan birgalikda Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunchilik va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun xulosalarni tahlil qiladi va tayyorlaydi;

Bo‘lim vakolati doirasida, tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi kurash qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq Qo‘mitaga yuborilayotgan iltimosnomalar va bildirishnomalar uchun xulosalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va tayyorlaydi;

Bo‘lim vakolati doirasida, yuridik va jismoniy shahslar, shu jumladan individual tadbirkorlar, davlat xukumati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, hamda Prokuratura organlarining ariza va materiallarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, prokuratura organlari, hamda boshqa qonunni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun materiallar tayyorlaydi;

Bo‘lim vakolati doirasida raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari buzilishi to‘g‘risida ishlarni qo‘zg‘atishga materiallarni tayyorlaydi;

raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar buzilishi to‘g‘risida ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi, hamda ijrosini nazorat qiladi;

raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni buzganligi uchun fuqarolar, yuridik va mansabdor shahslarni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlaydi yoki tayyorlashda ishtirok etadi;

Qo‘mitaning Yuridik ta’minlash bo‘limi bilan birgalikda belgilangan tartibda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;

Moliya tashkilotlari tomonidan ustun mavqe holatini suiste’mol qilishi faktlarini, ularning mos tovar bozorida raqobat muhiti holatiga ta’sir qilishi bo‘yicha baholaydi;

Qo‘mitaning Yuridik ta’minlash bo‘limi bilan birgalikda raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlarni tayyorlashda ishtirok etadi, Bo‘lim vakolati doirasida raqobatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi;

Bo‘lim vakolati doirasida Qo‘mita hududiy organlarining tashkilot davriy hisobotini qayta ishlaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Qo‘mita rahbarining topshirig‘iga binoan Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha halqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.