Strategik rejalashtirish, metodologiya va transformatsiya bo‘limi
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– respublikada raqobat muhitini rivojlantirish, tovar va moliya bozorlarida adolatsiz raqobatga barham berish, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun huquqiy maydonni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
– sohalarda raqobatni rivojlantirish bo‘yicha Strategik rejalar ishlab chiqish va takliflar tayyorlash;
– qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarining belgilangan davri uchun ish rejalarini tayyorlatishda ko‘maklashish;
– monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etishni amalga oshirish;
– vazirlik va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish;
– qo‘mitaning hamda boshqarmalarning ish rejalaridan kelib chiqib faoliyat samaradorligi muhim ko‘rsatkichlari (KPI) loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etish;
– yirik korxonalar, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda raqobatni rivojlantirish maqsadida transformatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
– yil, chorak yakunlari hamda yig‘ilishlarda foydalanish uchun hisobotlarni, jadval, taqdimot, grafik va boshqalarni tayyorlash;
– raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish standartlarini ishlab chiqish va takliflar tayyorlash;
– davlat dasturlariga tegishli takliflarni ishlab chiqish;
– raqobatni rivojlantirish “Yo‘l xaritalarini” ishlab chiqish bo‘yicha davlat organlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish;
– qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari choraklik, yarim yillik va yillik ish faoliyatlari yakunlarini umumlashtirish, hisobotlar tayyorlash.
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
raqobatni rivojlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash bo‘yicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
raqobatni rivojlantirish siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va qo‘mita rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etishni amalga oshirish;
vazirlik va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
raqobat holati va qo‘mita tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tahliliy ma’ruzalar (hisobotlar) tayyorlash;
boshqaruv vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.