Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qo‘mitaga yuklatilgan funksiya va vazifalarni hududiy boshqarmalar va Qo‘mitaga qarashli tashkilotlar bilan samarali bajarilishini ta’minlash;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni joriy qilish va uni nazoratini amalga oshirish;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayens ishlashi samaradorligini baholash va ta’minlash;
Bo‘lim faoliyati sohasining me’yoriy-huquqiy va metodologik bazasini takomillashtirish.
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni joriy qiladi;
monopoliyaga qarshi komplayens samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini bajarish natijalarini baholaydi;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilgan monopoliyaga qarshi komplayens to‘g‘risidagi hisobotni o‘rganadi;
Bo‘lim faoliyatining tashkiliy va axborot-tahliliy ta’minotini amalga oshiradi;
Bo‘lim faoliyatining huquqiy ta’minotini amalga oshiradi;
monopoliyaga qarshi komplayensni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
o‘z vakolati doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligidan) himoya qilinishini ta’minlaydi;
Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy va metodologik bazasini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
o‘z vakolati doirasida Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur harakatlarni amalga oshiradi;
Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Qo‘mita hududiy boshqarmalarining komplayens faoliyatini muvofiqlashtiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi