Bo‘limning vazifasi va funksiyalari
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma) mablag‘larining tushumlari va ulardan foydalanish hisobini yuritish;
– markaziy apparatning shtat jadvallari va budjet (budjetdan tashqari) xarajatlar smetalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va tegishli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazish;
– buxgalteriya hisobi bo‘yicha aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;
– samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
– moliyaviy soliq va boshqa hisobotlarni tuzish.
Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– foydalanuvchilarni to‘liq, ishonchli, o‘z vaqtida moliyaviy va boshqa hisob ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
– joriy aktivlar, majburiyatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, quyidagilardan olingan daromadlar bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritadi:
raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summalari;
raqobat, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik va qo‘mita tavsiyalarini bajarmaganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mita tomonidan undiriladigan jarimalar;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib olish va qo‘shib olish bitimlariga, shuningdek bir shaxs va bir guruh shaxslar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitalidagi (fondidagi) ulushlarini sotib olish bo‘yicha bitimlarga dastlabki rozilik berganlik uchun undiriladigan yig‘imlar;
Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari va xayriya mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
– xo‘jalik operatsiyalari xarajatlarining buxgalteriya hisobini yuritadi;
– budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha xarajatlar smetalarini bajarilishining buxgalteriya hisobini yuritadi;
– taqdim etilgan ma’lumotlar asosida budjet so‘rovini ishlab chiqadi;
– Respublika davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha faoliyat yurituvchi markaziy apparatning balansini tuzadi;
– o‘z vakolatlari doirasida Qo‘mitaning hududiy Boshqarmalariga og‘zaki maslahat, amaliy, tashkiliy, uslubiy yordam ko‘rsatadi;
– Qo‘mitaning hududiy Boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va buxgalteriya hisoboti materiallarini tekshiradi;
– axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida buxgalteriya axborotini yuritishning ilg‘or shakllari va usullarini joriy etadi;
– Qo‘mita markaziy apparatining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda mehnatni rag‘batlantirish, ish staji va boshqalar to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi;
– kelgusi yil uchun Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
– Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarini tuzadi, zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;
– daromadlarni ko‘paytirish va Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
– mazkur Nizom va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi;
– Jamg‘arma smetalarining bajarilishi to‘g‘risida hisobot tuzadi;
– qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma smetalarining bajarilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etilishini ta’minlaydi.
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.