Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari
I. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
markaziy apparat xizmat faoliyati yuzasidan maishiy, transport va xoʻjalik xizmat koʻrsatish hamda moddiy-texnika jihatdan ta’minlanishini amalga oshirish;
Binolarda xizmat xonalarini sanitariya va yongʻin xavfsizligi talablariga mos boʻlishini ta’minlash;
davlat xaridlarini amalga oshirish;
markaziy apparatida ish yuritishni ta’minlash;
markaziy apparatda yigʻilish, tadbirlarining oʻtkazilishida texnik tayyorgarligini tashkil qilish;
markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarida ish yuritish boʻyicha metodik koʻrsatmalar berish va ish yuritish yoʻriqnomasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Qoʻmita rahbariyati tomonidan shaxsiy masala boʻyicha kelgan fuqarolarni, shuningdek chet el delegasiyalari va ishbilarmonlar doirasiga mansub vakillarini qabul qilinishini tashkil etish;
xodimlar har tomonlama yuksak mehnat unumdorligiga erishishlari va bajaradigan ishlari sifatli boʻlishi uchun sharoitlar yaratilishini ta’minlash;
Qoʻmita balansidagi bino, inshootlar holati va ulardan foydalanishni nazorat qilinishini amalga oshirish.
II. Boʻlim qonun hujjatlariga koʻra, Qoʻmita rahbariyati topshirigʻi, Hay’at qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.