Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida viloyat tuman hokimliklari va davlat boshqaruv organlarining viloyat tarkibiy bo‘linmalarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari yuzasidan jami 10 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Mazkur o‘rganishlar jarayonida, Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tuman hokimliklarida 19 ta holatda tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarni qabul qilinishi natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 12, 22-moddalarida belgilangan ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlar yaratish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra, 4 ta tuman hokimlarining tegishli qarorlari hamda boshqa hujjatlar “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda tuman hokimliklariga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.