O’zbekiston Repsublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunining 28-yilligi munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi o’rinbosari A.Qayumov ishtirokida Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida seminar o’tkazildi.
Seminarda ommaviy axborot vositalari, blogerlar, vakolatli tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida qatnashchilarga «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonun yuzasidan tushunchalar berilib
“Fair Tech” tizimi,
oilaviy tadbirkorlik bo’yicha kreditlar,
yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar savdosi,
marketpleyslar orqali amalga oshiriladigan xaridlar yuzasidan kelib tushgan savollar bo’yicha Qo’mita mutaxassislari kerakli ma’lumotlar ulashdi.