Joriy yilning 15-17-oktyabr kunlari Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv kurslarida,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Transport vazirligi;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
Ekologiya vazirligi, Energetika vazirligi;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Suv xo‘jaligi vazirligi;
“O‘zarxiv” agentligi;
Navoiy viloyati hokimligi;
«O‘zkomnazorat» inspeksiyasi;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi;
Turizm qo‘mitasi;
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi;
Kadastr agentligi;
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakillari ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv kurslarda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va uning maqsadi, Raqobatning iqtisodiyot uchun muhimligi, Insofsiz raqobat holatlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish va belgilangan moliyaviy javobgarlikni qo‘llash, ustun mavqe, monopoliya va tabiiy monopoliya asosiy talablari, ularni e’tirof etish mezonlari, hamda birja savdolarida raqobatni cheklovchi harakatlar hamda narxlar manipulyatsiyasining oldini olish, birja savdolarining normativ huquqiy asoslari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shu bilan bir qatorda, o‘quv kursi yakunida tinglovchilar o‘rtasida monopoliyaga qarshi komplaens sohasini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazilib, mazkur masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalari va takliflari birgalikda muhokama qilindi. O‘quv seminar so‘ngida tinglovchilarga Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.