Habaringiz bor, Raqobat qo‘mitasi tomonidan German Sparkassenstiftung for International Cooperation (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va aholining moliyaviy savodxonligini yanada oshirish maqsadida huquqiy targ‘ibot materiallari tayyorlanmoqda.
Navbatdagi loyiha aholining kundalik hayotida eng ko‘p duch keladigan masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kredit munosabatlariga doir muhim ma’lumot va tavsiyalar keltirilgan.
Xususan,
kredit tushunchasi va kredit turlari;
foiz stavkalari;
tovarlarni bo‘lib to‘lash;
ortiqcha qarzlarning oldini olish;
qarzdor bilan bankning o‘zaro munosabatlari;
bank Iste’molchisining huquqlari.