Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa hamkor tashkilotlarning Respublika baholash kommissiyasi natijalariga ko‘ra Raqobat qo‘mitasi 2023-yil uchun davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha Ochiqlik indeksi reytingida yuqori ko‘rsatkichni qayd etib Davlat Qo‘mita va Inspeksiyalar ichida 1-o‘rin, Respublika bo‘yicha ham yuqori o‘rinda 86.2 ball bilan etirof etildi!
Raqobat qo‘mitasi jamoatchilikni va barcha manfaatdor tomonlarni Qo‘mita faoliyati to‘g‘risida eng to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlash ustidan doimiy ish olib boradi. Bunday e’tirof Qo‘mitaning jamiyat oldidagi mas’uliyatga sodiqligi va uzluksiz mehnatining tasdig‘idir.
Davlat organi faoliyatining ochiqligi va shaffofligi aholining uning faoliyatiga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu o’rinda, Raqobat qo‘mitasi Qo’mita faoliyatiga befarq bo’lmasdan uni har tomonlama qo’llab-quvatlab raqobat muhitini rivojlantirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi o’zining faol sa’y-harakatlari bilan hissa qo’shayitgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarga o’zining minnadorchiligini bildiradi!
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining faoliyati va yutuqlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun bizni kuzatishda davom eting!
Manba index.anticorruption.uz
Kanalga ulanish https://t.me/RaqobatGovUz