Arnasoy tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi O.Musanov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.
Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar marketpleysdagi narxlar, elektr energiyasi va gaz normalari masalalari hamda savdo sohasidagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar.
Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish.
Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi. Jumladan, 10 ga yaqin tadbirkorlardan qilingan murojaatlar yuzasidan «JIZZAX SEMENT PLANT» MCHJ vakili sement bozorida maommolar mavjudligi sabab bozorni erkinlashtirish, «DO‘STLIKDONMAHSULOTLARI» AJ vakili un maxsulotlarini birjada sotilish yuzasidan. Fuqarolardan, F.Xoliqovaning xususiy bog’cha faoliyati, X.Suyarovning oilaviy korxona infratuzilmasi bo’yicha murojaatlari eshitildi va ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar va ijrochilar belgilab olindi.