Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan 2023-yil avgust-dekabr oylarida axborot xizmatlari xodimlari, jurnalist, blogerlar uchun rejalashtirilgan media-treninglar rejasiga asosan 2023-yil 21-dekabrda ZOOM orqali Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalarining matbuotga mas’ul xodimlari uchun “Jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikni tubdan takomillashtirishda matbuot xizmatlarining roli” mavzuida myedia savodxonlikni oshirishga qaratilgan master-klass bo‘lib o‘tdi.
Treningda O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng ZOOM ishtirokchilariga axborotni to‘plash, tahlil qilish masalalari, uni tezkorlik bilan yoritishga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi haqida fikrlar berildi. Asosiysi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda ularning yechimi, raqobat, davlat xaridlari, reklama bozorini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni televidenie, radio, matbuot va internet tarmog‘i orqali yoritishda zamonaviy usullardan foydalangan holda jamoatchilikka yetkazish masalalari haqida ham fikrlar bildirildi. Har bir materiallarni sifatli foto, video, audio, grafik va qiziqarli matnlar bilan boyitish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Qo‘mitaning Qashqadaryo, Andijon, Samarqand va boshqa viloyat hududiy boshqarmalari xodimlari o‘zlarini sohada qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.