Jumladan,
Sh.Sharaxmetov tovar va moliya bozorlarida biznesni rivojlantirishning asosiy jihatlari, iste’molchilar va birja sohasida amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan qonunchilik hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishni aytib o‘tdi.
O.Usmonov bugungi globallashuv jarayonida OAV vakillari, bloger va jurnalistlar bilan hamkorlikda seminar treninglar tashkil etish hamda jamoatchilik bilan ishlash tizimlarni hamda jamoatchilik kengashi faoliyatini yana-da yaxshilash va bu borada jamoatchilik vakillarining fikrini o’rganish tadqiq etish yuzasidan, shuningdek, Raqobat qo’mitasi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqish ildizlarini bartaraf etish hamda kadrlarda korrupsiyaga qarshi kurashishda immunitet shakllantirish qaratilgan chora-tadbirlar haqida to’xtalib o‘tdi.
Shuningdek, muzokara platformasida Jamoatchilik kengashi ishtirokchilari Qo’mita mas’ullaridan o‘zlari qiziqtirgan savol yuzasidan javob olishdi. Uchrashuv munozarali savol-javoblar bilan qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tdi.