Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “RAVON YO‘L INVEST” MCHJning “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali xizmatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi. ✅ Mazkur o‘rganish davomida, “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ va “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali tomonidan qonunchilik talabiga zid ravishda amalda yetkazib berilmagan tabiiy gaz hajmlari uchun “RAVON YO‘L INVEST” MCHJga 270 mln so‘mga yaqin qarzdorlik hisoblangani ma’lum bo‘ldi. Yuqoridagilarga ko‘ra, “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ hamda “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzish alomatlari aniqlandi va gaz ta’minoti korxonasiga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, ortiqcha olingan mablag‘lar “RAVON YO‘L INVEST” MCHJ foydasiga to‘liq qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi. Kanalga ulanish https://t.me/RaqobatGovUz
Ushbu yangilik bilan boʻlishish