Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Quvasoy shahridagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tayyor ovqat yetkazib berish huquqini hech qanday tanlov yoki tendersiz aynan bitta tadbirkorga taqdim etilganligi” yuzasidan Viloyat hokimligining 2024-yil 25-iyuldagi qarori qonuniyligi keng jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilib, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organiga taqiqlangan normalarni inobatga olgan holda hamda raqobat muhitini ta’minlash maqsadida qarorni bekor qilish va talablarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan ko‘rsatma xati yuborildi.