Insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish boshqarmasi:

 

Boshqarma O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi “Insofsiz raqobatni taqiqlash” hamda 29-moddasi “Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar” moddalariga asosan faoliyat yuritadi:

Boshqarma tomonidan 2023 yil davomida davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan 62 465 ta tanlov (tender) savdolari bo‘yicha tahlillar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 18 738 ta (29,9 %) savdolar jarayonida 27 730 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan.

Shuningdek mazkur sohada boshqarmaga joriy yil davomida yuridik
va jismoniy shaxslardan jami 467 ta murojaat va arizalar kelib tushgan.

Shundan, 58 tasi vakolat doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilgan, 243 tasi murojaat masalasi doirasida o‘rganish uchun hududiy boshqarmalarga chiqarilgan, 166 ta murojaat Qo‘mitaning Markaziy apparati tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, huquqni muxofaza qiluvchi organlarining so‘rovlariga asosan, jami 8 068,2 mlrd. so‘mlik 23 103 ta xaridlar o‘rganilgan bo‘lib, shundan, 5 118 ta (22,1 %) xaridlarda 7 608 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Shuningdek, Prokuratura organlari tomonidan tashkil etilgan o‘rganishlarda 13 122 ta xaridlar o‘rganilgan bo‘lib, 5 189 ta kamchillik holatlar aniqlangan.

Hisob palatasi tomonidan tashkil etilgan o‘rganishlarda jami 93 ta o‘rganilgan xaridlarda 89 ta kamchillik holatlar aniqlangan. Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etilgan o‘rganishlarda 9 888 ta xaridlar o‘rganilib, 2 330 ta kamchillik holatlar aniqlangan. O‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha ma’lumotlar huquq tartibot organlariga taqdim etilgan.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari mutaxassislari tomonidan huquq tartibot organlarida 18 205 ta xaridlar o‘rganilib, ushbu o‘rganilgan xaridlarning 8 631 ta savdolardan 13 971 ta raqobatga zid holatlar aniqlandi.

Shuningdek, Hisob palatasi bilan hamkorlikda 561 ta xaridlar o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida 529 ta savdolardan 604 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq tegishli choralar ko‘rilgan. Jumladan, jami 27 730 ta holatdan 24 018 ta holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga, 688 tasi bo‘yicha Hisob palatasiga ma’lumotnomalar taqdim etilgan, 336 ta holat buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan, 2 688 ta holat yuzasidan Qo‘mita va hududiy boshqarmalar tomonidan ish qo‘zg‘atilib, choralar ko‘rilgan.