2022-yilda Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga taʼsirini baholash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar.

 

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 2022-yilda regulation.gov.uz va project.gov.uz portali orqali respublika boʻyicha kelib tushgan jami 2652 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (ex-ante) raqobat muhitiga taʼsiri yuzasidan oʻrganilib, Qoʻmitaning tegishli xulosalari berilgan, shundan, 248 ta (9,4 %) loyihalarda monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari talablariga zid normalar belgilanishi nazarda tutilayotganligi aniqlangan.

  1. Hududiy boshqarmalarga viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari hamda davlat boshqaruv organlarining hududiy boshqarma va boʻlinmalari tomonidan 2156 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kiritilgan boʻlib, 27 ta holatda raqobatga zid normalar mavjudligi yuzasidan tegishli xulosalar berilgan.
  2. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikadagi 197 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat boshqaruv organlari tomonidan qabul qilingan amaldagi (ex-post) 132 049 ta normativ-huquqiy hujjatlar va 515 135 ta boshqa turdagi (yigʻilish bayonlari, xatlar, topshiriqlar va boshqalar) jami 647 184 ta hujjatlarni raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik normalariga muvofiqligi xatlovdan oʻtkazildi.

Xatlov natijasi bilan 521 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan boʻlib, buning natijasida 76 ta mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda 9 ta davlat organlarining hududiy boshqarmalariga nisbatan (jami 85 ta) ishlar yurituvga olindi va natijada 100 dan ortiq hujjatlar (qaror, farmoyish va bayonlar) bekor qilindi.

  1. Qoʻmita tomonidan iqtisodiyotda teng raqobat muhitini yaratish, yangi bozor ishtirokchilariga bozorga kirishga boʻlgan toʻsiqlarni bartaraf etish, alohida xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun berilgan mavjud eksklyuziv huquqlarni bekor qilish maqsadida Qoʻmita tomonidan 13 ta eksklyuziv huquqlarni bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF–101-son Farmoni bilan 13 ta tovar va xizmatlar bozorlarida tadbirkorlar kirishini erkinlashtirish hamda mavjud eksklyuziv huquqlarni bekor qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan boʻlib, shundan bugungi kunda 8 ta faoliyat turi boʻyicha eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.

Eksklyuziv huquqlari bekor qilingan sohalarda bugungi kunda 206 ta tadbirkorlik subyektlari ushbu faoliyat bilan shugʻullana boshladi. Jumladan, Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish – 1 ta, Elektr texnika uskunalari va qurilmalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish – 61 ta, Harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha xizmatlar – 42 ta, Soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha xizmatlar – 42 ta, Qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari yagona yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilishi boʻyicha xizmatlar – 49 ta, Neft mahsulotlarini saqlash boʻyicha – 11 ta tadbirkorlik subyektlari kirib kelgan.

Shu bilan birga, Qoʻmita tomonidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xususiy sektorga keng jalb qilish, eksklyuziv huquqlarni bekor qilish orqali mavjud monopoliyalarni tugatish, shuningdek 12 ta sohalar boʻyicha xususiy sektorni keng jalb qilish yuzasidan navbatdagi amaliy chora-tadbirlarni belgilash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Boshqarma tomonidan 2024 yilning I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar:

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan project.gov.uz portali orqali Qo‘mitaga kelib tushgan 243 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (ex-ante) raqobat muhitiga taʼsiri yuzasidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan  121 ta (46,4%) loyihalarda qonunchilik talablariga zid normalar belgilanayotganligi aniqlangan va Qo‘mitaning tegishli xulosalari tayyorlangan.

Respublika bo‘yicha 56 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari va 28 ta davlat boshqaruv organlarida ular tomonidan qabul qiligan hujjatlar (ex-post usulida) raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari normalariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan xatlov natijasida jami 196 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan holatlar aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha Qo‘mita tomonidan 27 ta ish yurituvga olingan hamda 24 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lib,  51 ta hujjatlar bekor qilingan.