DIQQAT, E’LON!
“Call-center” xizmati sifatini yanada oshirish va kengaytirish, fuqarolar murojaatlarini to‘liq qamrab olish hamda ularga yechim va tavsiyalar berishda qulaylik tug‘dirish maqsadida “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tijorat takliflariga ochiqligi ma’lum qilinmoqda.
Kutilayotgan o‘zaro munosabat turi:
G2B
Asosiy talablar:
Kelishuv amalga oshganda (ma’lum muddatda), Ijrochi xizmatining sinov muddati davrida kutilgan natijalarni olish, Ijrochi tomonidan xizmat sifatini oshirish bo‘yicha optimal yechimlar va takliflarning berilishi.
Talab shartlari:
- Xizmatlarni uzluksiz amalga oshirish davrida Ijrochida tashqi, ichki (texnik, tabiiy va hokazo) muammolar vujudga kelganda, Ijrochining zaxiraviy resurslari mavjudligi;
- Xizmatlarni uzluksiz amalga oshirish davrida Ijrochi tomonidan har bir murojaatchining qo‘ng‘iroqlari real vaqtda (kutishlarsiz) qabul qilinishi;
- Xizmatlarni uzluksiz amalga oshirish davrida Ijrochi tomonidan har bir murojaatchining qo‘ng‘iroqlariga tushunarli va aniq (amaldagi qonunchilik, nizom, norma va boshqa hujjatlarga asoslangan holda) javob berilishi;
- Xizmatlarni uzluksiz amalga oshirish davrida Ijrochi tomonidan har bir murojaatchining qo‘ng‘iroqlariga kamida ikki tilda (o‘zbek, rus) belgilangan tartiblarda javob berilishi.
«Call-center» xizmatini taqdim etuvchi tashkilot o‘zining faoliyati haqida ma’lumot va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tijorat taklifini barcha dasturiy, texnik va boshqa resurslarini batafsil yoritgan holda 2023-yil 23-oktabrga qadar taqdim etishi so‘raladi.
Bog‘lanish uchun ma’lumot:
Elektron manzil: press@antimon.gov.uz
Telefon: 71 207-46-00 (ichki 324)