O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Davlat xaridlari sohasida muntazam nazorat o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, Qashqadaryo hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga rioya qilinishi bo‘yicha o‘z vakolati doirasida 2024-yil yanvar-mart oylari davomida 312 ta lot jami 68,44 mlrd so‘mlik tanlov va tender savdolarida o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 305 ta holatda 66,7 mlrd so‘mlik tanlov-tender savdolarida “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlarning talablariga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlangan.
– 305 ta holatda savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish, ya’ni tanlov jarayonida ishtirokchilar ma’lumotlari noto‘g‘ri baholangan.
Misol uchun: “QARSHI OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SPORT TURLARIGA TAYYORLASH MARKAZI” buyurtmachiligida Davlat xaridlari еtender.uzex.uz maxsus elektron portalida “issiq ovqat bilan ta’minlash” bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilgan va ushbu o‘tkazilgan tanlov savdosi bo‘yicha “BAXT ORIGINAL SAVDO” MChJ tanlovlarni baholashda noxolislikka yo‘l qo‘yilganligidan norozi bo‘lib Qo‘mitaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan ushbu tanlov savdosi o‘rganilganda tanlovlarning texnik qismi 5 ta mezonga asoslanib baholangan va baholash natijalari xarid komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilarning takliflarini noto‘g‘ri baholashga yo‘l qo‘yilganlik holatlari aniqlangan.
Mazkur tanlov savdosining texnik qismini baholashda tanlov g‘olibi va murojaatchi ishtirokchilar tomonidan tanlov shartlariga so‘ralgan hujjatlar taqdim qilingan bo‘lsada ballar noxolis berilganligi, murojaatchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asossiz kam ballar bilan baholanganligi kuzatilgan.
Quyidagi aniqlangan qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan “QARSHI OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SPORT TURLARIGA TAYYORLASH MARKAZI” nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tanlov savdosi buyurtmachisiga qonunbuzilish holatlarini to‘xtatish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik hamda tanlov savdosini ixtiyoriy bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Tanlov savdosi o‘tkazishda qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilgan.