O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 22-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi doirasida ikki davlatning hukumat va idoralari darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurashish va iste’mol bozorini nazorat qilish davlat xizmati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bayonnomasi imzolandi.
Mazkur bitim bilan,
– raqobatni huquqiy himoya qilish;
– iste’mol bozorini nazorat qilish;
– iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– reklama bozorini tartibga solish;
– tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish kabi va boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro hamkorlik qilib borish belgilangan.