AGAR SIFATSIZ NON SOTILSA…
Ulbo‘sun Egamova, Forish tumanidagi “Uchquloch” mahalla raisi: – Ba’zida savdo do‘konlarida sifatsiz nonlar sotilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Aksariyat sotuvchilar qaytarib olib kelingan nonlarini qabul qilmasligini aytadi. Odamlar ilojsiz sifatsiz mahsulotlarini chiqindiga tashlashyapti. Natijada bugungi kunda chiqindixonalar non mahsulotlariga to‘lib ketgan. O‘zi qonunda non va non mahsulotlari sotishga qanday talablar qo‘yilgan? Agar mahsulot sifatsiz bo‘lsa, almashtirib beriladimi?…