TURKIYA RAQOBAT ORGANI RAHBARI BIROL KYULE BILAN UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 7-chi yig‘ilish tadbirlari doirasida Raqobat    qo‘mitasi raisi o‘rinbosari  Farrux Karabayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Raqobat organi rahbari Birol Kyule bilan uchrashuv o‘tkazdi. Joriy yilning 25-26 dekabr kunlari o‘tkazilgan uchrashuvlarda  raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida hamkorliklar, tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishda ilmiy izlanma va tadqiqotlarni qo‘llash va…

Rossiya Federatsiyasining Moliyaviy monitoring xalqaro o‘quv-uslubiy markazida O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari xodimlari uchun amaliyot boshlandi

Ushbu amaliyot darslarida Raqobat qo’mitasi xodimlari ham ishtirok etmoqda. Moliyaviy nazorat organlari xodimlari ushbu o‘quv seminari davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xorijiy davlatlar amaliyotlari bilan tanishadilar.

Rivojlanayotgan davlatlar uchun raqobat siyosati va qonun ustuvorligi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari joriy yilning 29 oktyabr- 18 noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan «Rivojlanayotgan davlatlar uchun raqobat siyosati va qonun ustuvorligi» mavzusida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdilar. Mazkur seminar davomida raqobat siyosati va bugungi kunda rivojlanib borayotgan raqamli bozorda raqobat muhitini ta’minlash bo’yicha…

Gruziyada 16-18 noyabr kunlari raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ikkinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Gruziyada 16-18 noyabr kunlari raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ikkinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Halol raqobat tamoyili va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning hal qiluvchi omilidir. Tadbir kun tartibida raqobat siyosatidan tortib iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlargacha bo’lgan keng ko’lamli asosiy…