Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoq orqali “SAMARQANDNING SASI … Ro‘yxatda yo‘q, ammo qalban o‘sha yerdami? Yohud Samarqanddagi g‘alati tender haqida” mazmunida post qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mazkur murojaat bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023-yil 12-oktabrda 23110012306673-sonli lot bilan axlat qutilari (uch qismli) xarid qilish uchun…