Beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivali

📣 Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Toshkent reklama festivaliga start berildi. 🏆🎊 Festival doirasida xalqaro konferensiya, TAF!23 tanlovi va “2023-yil reklamasi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi. 🌐 Festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Armaniston va mahalliy brend va agentliklar vakillari, tanlovda qatnashuvchi 310 ta keys…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan insofsiz raqobat amaliyotlari va davlat xaridlari sohasida nazoratni taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rais maslahatchisi Otabek Usmanov AOKAda o‘tkazilgan brifingda insofsiz raqobat amaliyotlari va davlat xaridlari sohasida nazoratni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Raqobat qo‘mitasi tomonidan insofsiz raqobat amaliyotlari va davlat xaridlari sohasida nazoratni taʼminlash, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish sohasida ham ko‘plab ishlarni…

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar” mavzuiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar” mavzuiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Asadulla Qayumov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini  himoya qilish qo‘mitasi rais o‘rinbosari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshirilgan asosiy chora-tadbirlar to‘g‘risida qisqacha quyidagi ma’lumotlarni…

“QURILISH MATERIALLARI SOHASI: YANGI TAKLIF VA TASHABBUSLAR”

2023-yil 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan «Biz sizni eshitamiz» loyihasi  doirasida respublikamizda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari mahsulotlari, shu jumladan sement ishlab chiqaruvchilari, importyorlar hamda ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan sohaga oid olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, shuningdek sohada…

 Ayni damda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan «Biz sizni eshitamiz»…

Ayni damda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan «Biz sizni eshitamiz» loyihasi doirasida respublikamizda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari, importyorlari hamda savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun «Qurilish materiallari sohasi: yangi taklif va tashabbuslar» mavzusida davra suhbati uchrashuvi o‘tkazilmoqda. Ochiq muloqotda bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish, sohada qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish,…

Raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔰 Raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni bilan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga olgan dastur tasdiqlangan. 👉…

REKLAMA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHLARI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan «Biz sizni eshitamiz» loyihasi  doirasida mutasaddi vazirlik va idoralar, reklama bozorining yirik subyektlari, tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) egalari, reklama agentliklari, reklama beruvchi va tarqatuvchilar, ommaviy axborot vositalari uchun “Reklama bozorini rivojlantirishning yangi bosqichlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. USHBU TADBIRDA JAMOATCHILIK…

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi raisi Sh.Sharaxmetov “Reklama bozorini rivojlantirishning yangi bosqichlari” mavzusidagi davra suhbatini kirish so’zi bilan ochib berdi.

#Live 🗣 Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi raisi Sh.Sharaxmetov “Reklama bozorini rivojlantirishning yangi bosqichlari” mavzusidagi davra suhbatini kirish so’zi bilan ochib berdi. 👉 Unda tashqi yozuvlar, xususan, peshlavha, reklama va boshqa e’lonlar, axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash, “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimining qulayliklari va imkoniyatlari haqida…

XALQARO HAMKORLIK

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, MDH davlatlari raqobat organlari, Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasining 1-chi Sammiti hamda 12-chi Seul Xalqaro raqobat Forumida ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida, bugun, 2023-yil 7-sentyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini…

«Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun» – Mustaqillikning 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun» shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov so‘zga chiqib, barcha xodimlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi. Shundan so‘ng sohada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni a’lo darajada masʼuliyat bilan bajarib, faoliyatida…