NOHALOL RAQOBATGA YO‘L YO‘Q

So‘nggi vaqtlarda mahsulot sifati hamda standart talablarga javob berishi bilan nom qozongan brend va logotiplarning boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan “o‘g‘irlanishi” holatlari ham kuzatilmoqda. Bu esa raqobatning nohalol bo‘lishiga, isteʼmolchilar o‘rtasida o‘sha brend mahsulotlariga ishonchsizlikning shakllanishiga olib keladi. “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga asosan insofsiz raqobat xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda…

QO‘MITA MAS’ULLARI YEREVANDAGI XALQARO SEMINARDA

2023-yil 5-9-iyun kunlari Yerevan shahrida (Armaniston Respublikasi) “Markaziy Osiyo energetika regulyatorlari hamkorligi xizmatlari sifati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu seminar AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Markaziy Osiyoda energetika sohasida tartibga solish bo‘yicha hamkorlik loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va AQSH Kommunal xizmatlarni tartibga solish bo‘yicha komissarlari milliy assotsiatsiyasi (NARUS) bilan hamkorlikda tashkil etilgan. O‘z…

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENSGA MAS’UL XODIMLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning majlislar zalida o‘quv-seminari tashkil etildi. “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tashkilotning monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari…

YANA BIR FUQARONING MUAMMOSI HAL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi yana bir fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro hududiy boshqarmaga quyidagi mazmunda murojaat yo‘llagan: Zarafshon shahar 14-kichik daha hududida quriladigan B blok 9-qavatida joylashgan bir xonali, umumiy maydoni 52,11 kv.m bo‘lgan xonadonning bahosi 198 000 000 so‘m qilib belgilangan. Xaridor…

1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI!

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʻubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Shu munosabat bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan Qoʻmita xodimlari farzandlari oʻrtasida shaxmat, shashka, badminton va stol tennis kabi sport turlari bo’yicha turli musobaqalar tashkil etildi. Qoʻmita raisi Sh.Sharaxmetov tomonidan barcha bolalarga esdalik sovgʻalari hamda musobaqalarda…

Yana bir tadbirkorga ko‘maklashildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida faoliyat olib borayotgan “Kumush kuz fayzi” MCHJning murojaati kelib tushgan. Mazkur murojaatda “Kumush kuz fayzi” MCHJning o‘z ehtiyojiga parrandalarga ozuqa uchun Rossiyadan temir yo‘l orqali “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xizmatida foydalangan holda “Omuxta yem” (GNG kodi 23099096) olib kelganligini, biroq yuklarni rasmiylashtirish jarayonida temir yo‘lda yuklarni…

Raqobat qonunchiligi va bozor iqtisodiyotini rivojlantirish

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining vakillari Koreya taraqqiyot institutining (KDI) mutasaddilari bilan Chonju shahrida (Koreya Respublikasi) muzokaralar o’tkazishdi. O’tkazilgan muzokaralar natijasida Qo’mita hodimlarining intitutsional salohiyatini hamda Qo’mita faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni o’z ichiga olgan Harakatlar dasturini imzolashga kelishib olishdi.

XALQARO HAMKORLIK

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining vakillari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan Seul shahrida (Koreya Respublikasi) tashkil etilgan va joriy yilning 21-mayidan 3-iyun kuniga qadar davom etadigan xalqaro tajriba almashinuv dasturida ishtirok etishmoqda. “Raqobat qonunchiligi va bozor iqtisodiyotini rivojlantirish” deb nomlangan ushbu dasturda O‘zbekiston bilan birgalikda Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlari vakillari…

AVTOMASHINA IKKI MAROTABA YANGISIGA ALMASHTIRIB BERILDI

Surxondaryo viloyati Denov tumanida  yashovchi fuqaro A.B.  2022-yilda “Surxon-Avtosavdo” MChJ dan shartnoma asosida  “Cobalt” GX-OPTIMA AT rusumli mashina xarid qilgan. Xarid qilgan avtomobilining kuzov boʻyoq qismida nuqsoni mavjudligidan norozi boʻlib, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga avtomobilni boshqa yangisiga almashtirib berilishida amaliy yordam soʻrab murojaat yoʻllagan. Hududiy boshqarma tomonidan…

BIRJA SAVDOLARIDA ISTE’MOL VA TEXNIK ETIL SPIRTI MAHSULOTINI XARID QILUVCHI XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!

BIRJA SAVDOLARIDA ISTE’MOL VA TEXNIK ETIL SPIRTI MAHSULOTINI XARID QILUVCHI XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!!! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qaroriga asosan: birja savdolarida xarid qilingan iste’mol va texnik etil spirtining (keyingi matnda “spirt” deb yuritiladi) o‘z ehtiyojidan ortgan qismini realizatsiya qilish faqat birja savdolari…