Osiyo taraqqiyot banki ko‘magi bilan “O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish strategiyasi”ni ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilmoqda

Joriy yilning 27-may kuni mazkur loyiha doirasida Raqobat qo’mitasi rahabariyati boshchiligida Italiyalik ekspert Giorgio Magistrelli bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. G.Magistrelli iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda davlat va nodavlat idoralari faoliyati bilan tanishib, loyiha yuzasidan va o‘z tajribalari bo‘yicha Qo’mita mutaxassislari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, ekspert tomonidan xorijiy davlatlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyoti, qonunchilik…

ISTE’MOLCHIGA “TRACKER-2” RUSUMLI AVTOMASHINA UCHUN TO‘LANGAN MABLAG‘ QAYTARIB BERILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish yuzasidan ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda ham ushbu boradagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Toshkent viloyati Angren shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar M.G. “UZAUTO MOTORS” AJ xizmatidan norozilik bildirib Raqobatni rivojlantirish va…

Anhor Lokomotiv bog‘ida ko‘rgazma, ta’lim platformasi va aloqa o‘rnatish tadbirining o‘ziga xos kombinatsiyasi bo‘lgan E-COM BUSINESS FESTning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Anhor Lokomotiv bog‘ida ko‘rgazma, ta’lim platformasi va aloqa o‘rnatish tadbirining o‘ziga xos kombinatsiyasi bo‘lgan E-COM BUSINESS FESTning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Festivalni Raqobat qo‘mitasi raisi o’rinbosari A.Qayumov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir doirasida elektron tijorat, logistika va fintex mavzularida panel muhokamalari bo‘lib o‘tadi. Ikki kun davom etadigan tadbirda soat 12:00 dan 18:00 gacha…

Raqobat qo‘mitasi rahbariyati «Biz sizni eshitamiz» loyihasi doirasida turli yo‘nalishdagi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Joriy yilning 22-mayida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahrida «Biz sizni eshitamiz» loyihasi doirasida turli yo‘nalishdagi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirni Raqobat qo‘mitasi rais o‘rinbosari A.Qayumov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Konferensiyada 100 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari, monopol korxonalar, raqamli platforma operatorlari va davlat idoralari vakillari shuningdek, monopoliyaga…

Hozirda bo’lib o’tayotgan konferensiyada Raqobat qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokchilarga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash hamda iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish…

Hozirda bo’lib o’tayotgan konferensiyada Raqobat qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokchilarga normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash hamda iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartiblari to’g’risida muhim ma’lumotlar ulashmoqdalar. Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Mustaqil monopoliyaga qarshi ekspertlar kengashi a’zolari sohadagi dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib, tadbirda faol ishtirok etishmoqda. Xususan, Ekspertlar kengashi…

Anjuman davomida Qo’mitaning Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish va Monopoliyaga qarshi tartibga solish, narxlar va tariflarni nazorat qilish boshqarmalari mutaxassislari

Anjuman davomida Qo’mitaning Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish va Monopoliyaga qarshi tartibga solish, narxlar va tariflarni nazorat qilish boshqarmalari mutaxassislari tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish, hamda tovarlarga tartibga…

Ayni damda Qo‘mita raisi o’rinbosari F.Karabayev Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish…

Ayni damda Qo‘mita raisi o’rinbosari F.Karabayev Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi to’g’risidagi Nizom mazmun-mohiyatini konferensiya ishtirokchilariga tushuntirmoqda. Ushbu Nizomda qo’llaniladigan narx…

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, tabiiy monopoliya subyektlari…

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, tabiiy monopoliya subyektlari, raqamli platforma operatorlari va boshqa tegishli sohalarda faoliyat olib borayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda davlat idoralari xodimlari uchun tashkil qilingan konferensiya boshlandi. Tadbirni Raqobat qo’mitasi rais o’rinbosari A.Qayumov kirish so’zi bilan ochib berdi. Anjuman raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish, shuningdek…

“MAKON MARKETING FORUM 2024” VII XALQARO MARKETING BIZNES-FORUMI davom etmoqda

“MAKON Marketing Forum 2024” VII xalqaro marketing biznes-forumi – Markaziy Osiyodagi tadbirkorlar va marketing sohasining yetakchi ekspertlarini birlashtiruvchi eng yirik professional forum. Tadbir doirasida O‘zbekistondagi yetakchi brendlar ishtirokidagi birinchi ko‘rgazma bo’lib o’tmoqda.

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi.

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi. Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida 17-may kuni Qo’mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligida jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir…