Raqobat qo’mitasi raisi Sh.Sharaxmetov yig‘ilishni kirish so’zi bilan ochib xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan Strategiyasi mazmun-mohiyati to’g’risida tushuntirishlar berdi.
Hujjatda quyidagi asosiy gʻoyalar aks ettirilgan:
barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish;
aholi talablariga va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
хalq хizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
mamlakatning suvereniteti va хavfsizligini kafolatli ta’minlash.