Anjuman davomida Qo’mitaning Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish va Monopoliyaga qarshi tartibga solish, narxlar va tariflarni nazorat qilish boshqarmalari mutaxassislari
- tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish,
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish, hamda
- tovarlarga tartibga solinadigan narxlarni shakllantirish, deklaratsiya qilish va belgilash hamda ularning qo‘llanishini davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek, tovar va moliya bozorida sotiladigan tovarlarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartiblari haqida tushintirish berdilar.