O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Chinoz tumani fermer xo‘jaliklarining yo‘llagan murojaati Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan vakolat doirasida o‘rganib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, “Agrobank” ATB tovar yoki moliya bozorida davlat reyestrida “Fermer xo‘jaliklarini kreditlash xizmati” bo‘yicha ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
Mazkur murojaatni o‘rganish davomida fermer xo‘jaliklari “AGROBANK” ATB chinoz filiali bilan kredit shartnomasi va ta’minotchi tashkilotlarni ixtiyoriy tanlab bo‘yicha shartnoma imzolagan. Biroq “AGROBANK” ATB bosh ofisining Agrosanoat majmuini kreditlash bo‘limi fermer xo‘jaliklardan ushbu kreditlarni ajratilishida mablag‘lardan erkin foydalanishiga hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlashida bir qator sun’iy hamda byurokratik to‘siqlar, xususan fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan ushbu kredit mablag‘lari hisobidan mineral o‘g‘it, yoqilg‘i moylash mahsulotlari, texnika xizmati va texnikalarga ehtiyot qisimlar sotib olishda Chinoz tumani hokimligidan ushbu yetkazib beruvchi korxonalarni ta’minotchilar ro‘yxatiga qo‘shish uchun asossiz ravishda xat talab qilish holati ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, “Agrobank” ATB Chinoz filiali ma’lumotlariga asosan fermer xo‘jaliklariga G‘alla-2024-yil hosilini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘ining ishlatilgan qismi 4 599 231.0 ming so‘mni tashkil etishi aniqlandi.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, “AGROBANK” ATB Toshkent viloyat boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.03.2020-yildagi PQ-4634-sonli qarori va 15.11.2021-yildagi PQ-10-sonli qarorining tegishli tartib taomillariga qaramay O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 11.03.2021-yildagi 130-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha hududiy boshqarma tomonidan “AGROBANK” ATB Toshkent viloyat boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha “AGROBANK” ATB Toshkent viloyat boshqarmasiga moliyaviy jarima qo‘llanilgan.
Shuningdek, bu kabi holatlarga yo‘l qo‘maganlik respublika bo‘yicha ham o‘rganilib chiqilmoqda.