Raqobat qo‘mitasida 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbirda ko‘p yillar davomida soha rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan faxriylar hamda bugungi kunda yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelayotgan tajribali ustozlar alohida e’zozlandi. Inson qadri, uning mehnati va jamiyatda tutgan o‘rnini ulug‘lash, ayniqsa, yosh avlodga yo‘l ko‘rsatuvchi murabbiylarga ehtirom ko‘rsatish xalqimizning eng go‘zal qadriyatlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
Ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlari e’tirof etilib, qo‘mita rahbariyati tomonidan maxsus tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Tadbirda faxriylar, tajribali xodimlar, rahbarlar va yosh mutaxassislar bir davrada jam bo‘lib, soha taraqqiyoti, bugungi islohotlar va avlodlar o‘rtasidagi tajriba almashinuvi haqida fikr almashdilar.








