Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazining boshlang‘ich narxi 14 mlrd bo‘lgan tender savdosida qonunbuzilish holatining oldi olindi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan «Skymed-Technologies» MChJ murojaatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazi davlat muassasasi buyurtmachiligida tibbiy jihozlar xarid qilish bo‘yicha boshlang‘ich narxi 14 mlrd bo‘lgan tender savdosida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganish natijasida, Xaridlar markazi davlat muassasasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlandi.
Yuqoridagilarga muvofiq, amalga oshirilgan ishlar natijasida Xaridlar markazi davlat muassasasi tomonidan o‘tkazilgan tender savdosi belgilangan tartibda bekor qilindi.
Aniqlangan qonunbuzilishlarning oldi olinishі davlat mablag‘larining samarali va shaffof sarflanishini ta’minlaydi, shu bilan birga tadbirkorlar uchun ochiq va adolatli raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.








