HURMATLI TADBIRKORLAR!
20-avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarning mas’uliyat, qat’iyat va halol mehnatga asoslangan faoliyatingiz mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, aholi farovonligini yuksaltirish hamda Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy poydevorini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Raqobat qo‘mitasi konstitutsiyaviy tamoyillarga asoslangan hamda mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish, yangi ish o‘rinlari yaratish, bozorlarni sifatli tovar va xizmatlar bilan boyitish, iste’molchilar uchun keng tanlov va qulayliklar yaratish, shuningdek iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ezgu tashabbuslaringizni olqishlaydi.
Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar, barqaror rivoj va farovonlik tilaymiz. Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi








