Xalqaro konferensiya doirasida “Strategik bozorlar va iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatni ta’minlashning dolzarb muammolari va amaliy mexanizmlari” mavzusidagi II-panel muhokamasini Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov moderatorligida tashkil etildi.
II-panel muhokamasida quyidagi spikerlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi:
⏺️Mark Batayl — Germaniyaning Monopoliyalarni tartibga solish komissiyasi (Monopolkommission) Bosh sekretari;
⏺️Gulnora Rahimova — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari;
⏺️Emma Aslanova — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, rakobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi a’zosi;
⏺️Renato Ferrandi — Italiya Raqobat organining xalqaro va Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha direktori;
⏺️Asadulla Qayumov — O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi boshqaruvi raisi (UZEX);
⏺️Kamronbek Muxammadiyev — O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar Milliy agentligi elektron tijoratni rivojlantirish va tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i;
⏺️Doniyor Abduazizov — Toshkent davlat yuridik universiteti ikki diplomli ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i (dekani);
⏺️Uilyam Kovachich — AQSHning Jorj Vashington universiteti Global raqobat huquqi va siyosati professori hamda Raqobat huquqi markazi direktori (onlayn).
Muhokamalar davomida energetika, kommunal xizmatlar, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, transport va logistika, raqamli platformalar hamda telekommunikatsiyalar sohalarida raqobatni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, narxlar o‘sishi va kartellarga qarshi kurashish, iqtisodiy konsentratsiyalarni nazorat qilish hamda kichik va o‘rta biznesning bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro tajriba muhokama qilindi.
Xalqaro konferensiya yakunida global noaniqlik sharoitida raqobat siyosatining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati ta’kidlandi. Ishtirokchilar bozor monitoringi va prognozlash tizimlarini takomillashtirish, raqobatni cheklovchi amaliyotlarga qarshi kurashish, raqamli bozorlarni tartibga solish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.








