#Xalqaro_konferensiya
Xalqaro konferensiya doirasida “Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda raqobat siyosatining o‘rni va global noaniqlik davrida samarali choralar: ilg‘or xalqaro amaliyotlar” mavzusidagi I-panel muhokamasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Zero Bureaucracy loyiha ofisi rahbari Aziza Umarova moderator sifatida olib bordi.
I-panel muhokamasida quyidagi xalqaro va milliy ekspertlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdi:
🔘Koba Gvenetadze — Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining O‘zbekistondagi doimiy vakili;
🔘Irakliy Lekvinzade —Gruziya Raqobat va iste’molchilar agentligi rahbari;
🔘Abdulla Azizov — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori;
🔘Per Xorna — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Savdo va taraqqiyot bo‘yicha Konferensiyaning (UNCTAD) huquqiy masalalar bo‘yicha ma’sul xodimi (Onlayn);
🔘Jamshid Xasanov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, sho‘ba mudiri;
🔘Xamidova Nargiza —O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) Inklyuziv o‘sish yo‘nalishi bo‘yicha dastur tahlilchisi;
🔘Mirshoxid Aslanov — Progressiv islohotlar markazi direktori;
🔘G‘olib Holjigitov — Hukumat bilan aloqalar bo‘yicha direktor, Acwapower.
Muhokamalar davomida bozor ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash, innovatsiyalar va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, iqtisodiy konsentratsiyalarni nazorat qilish hamda ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlar o‘rtasida muvozanatni saqlash masalalari ko‘rib chiqildi.








