Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM hamda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
Memorandumdan ko‘zlangan maqsad davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish, axborotlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, dasturiy yechimlarni ishlab chiqish hamda joriy etishda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalar almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdir.
Shu bilan birga, tomonlar konferensiyalar, forumlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni birgalikda tashkil etish, sohaga oid ilmiy-tadqiqot va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvida keng qo‘llash masalalari bo‘yicha ham kelishib oldilar.
Mazkur memorandum raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.








