Noqonuniy hisoblangan qarzdorlik tadbirkor foydasiga ijobiy hal etildi!
Raqobat qo‘mitasiga Namangan shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda tadbirkor “Hududgazta’minot” AJ hamda uning “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan qariyb 341 mln so‘m miqdoridagi asossiz qarzdorlik hisoblanganini bildirib, masalani qonun doirasida ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Ushbu murojaat yuzasidan Qo‘mita tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada, tadbirkorlik subyektiga nisbatan 341 mln so‘mga yaqin qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi.
Aniqlangan holatlar asosida, “Hududgazta’minot” AJning maxsus elektron dasturida mazkur qarzdorlikni hisobdan chiqarish ta’minlandi.
Natijada tadbirkorning qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi.








