INSON QADRI AZIZ — XOTIRA MUQADDAS
«Xotira va qadrlash — xalqimizning asriy qadriyati, ulug‘ fazilati va milliy sha’nidir.»
9-May — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tantanali tarzda o‘tkazildi.
Tadbir davomida Qo‘mita raisi o‘rinbosari U. Davlatov so‘zga chiqib, qo‘mita tizimida uzoq yillar mobaynida halol va fidokorona xizmat qilib kelayotgan, yoshlarga o‘z bilim hamda tajribalarini ulashib, ustozlik maktabini davom ettirayotgan faxriy xodimlarni chin dildan bayram bilan tabrikladi.
Ularga qilgan ulkan mehnatlari, beqiyos hissalari uchun chuqur minnatdorlik va hurmat izhor etildi.
Shuningdek, qo‘mita faxriy xodimlarining xonadonlariga tashrif uyushtirildi.
Nuroniy faxriylarimiz bilan yuzma-yuz, dildan suhbatlar qilindi, ularning hayotiy tajribalari, ibratli xotiralari diqqat va ehtirom bilan tinglandi.
Tashrif yakunida har bir faxriyga esdalik sovg‘alari topshirildi, ularga mustahkam sog‘lik, baxt va uzoq umr tilab, qo‘mita jamoasi nomidan samimiy tabriklar yo‘llandi.








