Raqobat qo‘mitasiga jismoniy va yuridik shaxslardan savdo va ijtimoiy xizmatlar sohasida kelib tushgan murojaatlar o‘zining ijobiy yechimini topmoqda.
Murojaatlar hududlar kesimida.
Namangan viloyati
YEtkazib berilmagan tovarlar uchun to‘lov qaytarildi
Hududiy boshqarmaga Chust tumanida yashovchi fuqaro M.G‘. tomonidan kelib tushgan murojaatda Xitoydan tovarlarni “Vodiy logistika” kargo xizmati orqali buyurtma qilgan va mahsulotlar 22 kun ichida yetkazib berilishi kerak bo‘lgan, ammo belgilangan muddatda tovarlar yetkazib berilmagani uchun to‘langan mablag‘ini qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.
O‘rganishlarda kompaniya vakillariga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berdi.
Natijada yetkazib berilmagan mahsulotlar uchun fuqaro to‘lagan 6 mln 524 ming so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
➖
Jizzax viloyati
Asossiz hisoblangan 263,6 mln so‘mlik penya bekor qilindi
Hududiy boshqarmaga Paxtakor tumanida faoliyat olib borayotgan “Paxtakor teks” MChJ gaz ta’minoti idorasidan asossiz ravishda hisoblangan 263,6 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni abonent kartasidan olib tashlanishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. O‘rganishlarda “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasi, ya’ni “narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qo‘llaniladigan tovarlar uchun belgilangan narxdan ortiq haq olish yoki narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibini buzish, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar yoki bepul ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan xizmatlar uchun haq olish” bo‘yicha talablar buzilganligi aniqlandi.
Natijada hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan qonunbuzilish holatlari yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha “Hududgazta’minoti” AJ va “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialiga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Ko‘rsatma ijrosi ta’minlanib, 263,6 mln so‘m miqdordagi asossiz hisoblangan penyani “Paxtakor teks” MChJ foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
➖
Andijon viloyati
Shartnoma bajarilmagani uchun fuqaroga to‘langan
mablag‘ qaytarildi
Hududiy boshqarmaga Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.T. tomonidan murojaat yo‘llangan bo‘lib, unda “Turon World Corparation” MChJga xorijga ishga yuborish xarajatlari uchun 11 mln 500 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i to‘lagani, keyinchalik esa fuqaroga ish berilmagani sababli to‘lagan pulini qaytarib olish masalasida amaliy yordam so‘ralgan.
O‘rganishlar natijasida fuqaro A.T. tomonidan “Turon World Corparation” MChJga to‘langan 11 mln 500 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘i iste’molchiga qaytarilishi ta’minlandi.








