Biznes faolligi indeksining (BFI) 2026-yil 1-chorak natijalari hamda 2026-yil 2-chorak kutilmalari baholandi
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan tadbirkorlik muhiti va biznes subyektlari kayfiyatini aks ettiruvchi Biznes faolligi indeksining (BFI) 2026-yil 1-chorak natijalari hamda 2026-yil 2-chorak kutilmalari baholandi. BFI so‘rovnomasida Qo‘mitaning Fair Tech yagona axborot tizimi orqali respublikadagi ishlab chiqarish va xizmatlar sohasidagi 380 dan ortiq yirik korxonalar respondent sifatida ishtirok etdi.…



