Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha
HISOBOT
| 1. | Normativ-huquqiy hujjat turi, nomi va rekvizitlari | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2019 yildagi PF-5817-sonli “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandi:
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) quyidagi huquqlar berilsin: a) chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini o‘tkazish, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qilish; |
| 2. | TSTBni o‘tkazuvchi davlat organi yoki tashkiloti | O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi |
| 3. | Vakolatli organlarning xulosalari olinganligi | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisod va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi |
| 4. | Sana | |
| Tartibga solish ta’sirini baholash natijalari | ||
| 5. | Xulosa
TSTBdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha inson hayoti, salomatligi, jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni aniqlash va ularni realizatsiyasini oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 11.09.2019-yildagi PF-5817-sonli Farmonining 4-bandida keltirilgan tartibga solish usulining amal qilishi maqsadga muvofiq. |
|
| 6. | Hujjatning ta’sir doirasi
xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar; iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavf tug‘diruvchi tovar ishlab chiqarganlik (ish bajarganlik, xizmat ko‘rsatganlik) uchun qonunchilikka muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlagan organlar; muvofiqlik sertifikati bergan organlar; sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, veterinariya xizmati organlari yoki xavfli tovar (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish yoxud realizatsiya qilishga ruxsat bergan boshqa organlar. |
|
| 7. | Hujjatning natijadorligi va samaradorligi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tgan besh yil davomida (2021-2025 yy, 2026-yil 1-chorak) jami 2 338 ta nomdagi xalq iste’mol tovarlarining nazorat xaridlari tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, ularni ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, jami 450 ta nomdagi mahsulotlar normativ-texnik jihatdan tartibga solish hujjatlari talablariga muvofiq emasligi aniqlangan va 12,3 mlrd. so‘mlik mahsulotlar iste’molchilarga sotilmasdan qayta ishlashga yuborilgan. |
|
| 8. | Hujjatning ijobiy va salbiy oqibatlari
Iste’molchilarga sifatsiz yoki texnik jixatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiq bo‘lgan mahsulotlar sotilishi, ularning sog‘lig‘i, hayoti va mulkiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni oldi olinadi hamda insofsiz raqobatga chek qo‘yiladi. Vakolatli vazirlik va idoralar bilan nazorat xaridlarini hamkorlikda amalga oshirish tizimlar o‘rtasidagi funksiyalarni takrorlanishini oldini oladi, ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotlarni faoliyatiga aralashmagan holatda ularning mahsulotlari sifatini nazorat qilish imkonini yaratadi. |
|

