#Ochiq_muloqot
Toshkent viloyatida Raqobat qo‘mitasining fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, tegishli tashkilotlar hamda OAV vakillari bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.
Ochiq muloqotni Qo‘mita raisining o‘rinbosari U.Davlatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda Qo‘mita tomonidan respublika hududlari kesimida o‘tkazilayotgan bunday ochiq muloqotlar, ularning maqsadi va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Hududiy boshqarma boshlig‘i J.Ismoilov 2025-yil yakunlari va 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti keng jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilindi. Tadbir davomida hamkor tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ochiq muloqot davomida jismoniy va yuridik shaxslardan o‘ndan ortiq murojaat va takliflar qabul qilindi.
Jumladan:
➡️ “BCG GROUP OZ” MChJ XK vakili tomonidan korxonada ishlab chiqarilayotgan patentlangan mahsulotga o‘xshash mahsulot boshqa subyektlar tomonidan ishlab chiqarilib uni sotuvdan qaytarib olinishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati,
➡️ Angren shahar tibbiyot birlashmasi vakili “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligini bartaraf etish,
➡️ Sh. To‘xtasinova tomonidan kommunal soha (gaz,elektr ta’minoti) bo‘yicha qilgan murojaatlari qabul qilinib tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
➡️ Shuningdek, tadbirda Ohangaron shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakili tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida shartnoma tuzishdan oldin monopoliyaga qarshi organning xulosasini olish tartibini takomillashtirish yuzasidan,
➡️ “ORIENT TAXI SYSTEM” MChJ vakili tomonidan taksi faoliyatini yuritish jarayonida mobil ilovada karta imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hududiy kadastr agentligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflari tinglandi va ularni ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli mas’ul organlarga takliflar kiritilishi belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida: 2025 -yil yakunlari bo‘yicha jami 3500 ga yaqin va 2026-yil I-choragi davomida 1000 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar va o‘rganish ishlar natijasida 2025-yil davomida 500 mingdan ortiq iste’molchilarning huquq va manfaatlari himoya qilinib, ular foydasiga qariyb 30 mlrd so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, 2026-yilning I-choragida ham 4 mingga yaqin iste’molchilar manfaati himoya qilinib, ular foydasiga 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.








