15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan joylarda o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
📍 FARG‘ONA VILOYATI
O‘rta Osiyo tibbiyot universiteti talabalar uchun o‘tkazilgan seminarda iste’molchilarning huquqlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Tadbirda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Tashqi texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari ham ishtirok etdi.
📍 JIZZAX VILOYATI
Jizzax shahridagi Jizzax ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida bo‘lgan o‘quv-seminarda sifatsiz mahsulotlarni aniqlash, iste’molchi sifatida huquqlarini himoya qilish, yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni aniqlash va bu borada tegishli idoralarga murojaat qilish tartibi tushuntirildi.
📍 NAMANGAN VILOYATI
Namangan davlat texnika universiteti, Namangan shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi 1 va 2-texnikumlarida o‘qituvchi va talabalar ishtirokida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligi, qonunchilik talablarini amaliyotda qo‘llash, iste’molchilar muammolari va murojaatlari bilan ishlash, xalqaro tajriba, vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik masalalari” mavzusida o‘quv seminarlari tashkil etildi.
📍 QAShQADARYo VILOYATI
Qarshi shahridagi INNOVA EDUCATION o‘quv markazida «Huquqiy bilim – iste’molchi himoyasi kafolati» mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbir davomida iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha tushuncha berildi.
📍 TOShKYENT VILOYATI
Chirchiq shahar pedagogika universitetida o‘qituvchi va talabalar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
🔘Seminar davomida o‘quvchi yoshlarga iste’molchining huquqi va majburiyatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
🔘Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning iste’molchi sifatida bilim ko‘ni
👥 Barcha fuqarolarni iste’molchilik madaniyatini oshirishga va o‘z huquqlarini bilishga chorlaymiz!








