Raqobat qo‘mitasi tomonidan 16,4 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari ko‘rib kelinmoqda.
Xususan:
Andijon viloyati
– Andijon shahar 3-son musiqa maktabining 320 mln so‘mlik;
Jizzax viloyati
– Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Bog‘lar va xiyobonlarni ko‘kalamlashtirish obodonlashtirish va saqlash departamentining 1 ta 370 mln so‘mdan ortiq;
– Mirzacho‘l tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 30 mln so‘mlik;
Namangan viloyati
– Mingbuloq agrotexnologiyalar texnikumining 1 ta 250 mln so‘mlik;
Navoiy viloyati
– Navbahor tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 55 mln so‘mlik;
Qashqadaryo viloyati
– Respublika ixtisoslashtirilgan Ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filialining 1 ta 500 mln so‘mga yaqin;
Sirdaryo viloyati
– Guliston tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 300 mln so‘mga yaqin;
Surxondaryo viloyati
– Uzun tuman 1-son Politexnikumining 1 ta 250 mln so‘mga yaqin;
– Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining 1 ta 200 mln so‘mga yaqin;
Xorazm viloyati
– Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 7 ta 1,1 mlrd so‘mdan ortiq;
Toshkent shahar
– “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DMning 1 ta 13,1 mlrd so‘mdan ortiq;
➡️ eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini o‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
📝 Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Davlat xaridlari sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash hamda raqobat uchun teng imkoniyatlarni yaratish Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Aniqlangan qonunbuzilishlarning oldi olinishi davlat mablag‘larining samarali va shaffof sarflanishini ta’minlaydi, shu bilan birga tadbirkorlar uchun ochiq va adolatli raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.








