E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2025 yil uchun tasdiqlangan Nizomi, amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha yillik chora-tadbirlar rejasi hamda tasdiqlangan yig‘ilishlar jadvali jamoatchilik e’tiboriga havola etilmoqda.
Ushbu hujjatlarda 2025 yil davomida Jamoatchilik kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, muhokamaga qo‘yiladigan dolzarb masalalar, shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan vazifalar belgilangan.
Barcha manfaatdor fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari mazkur hujjatlar bilan tanishishga taklif etiladi.
Kengashning tasdiqlangan reja-jadvali







