IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Innovabuild” MCHJ tomonidan “City Hills” MCHJning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
““Innovabuild” MCHJ va “City Hills” MCHJlar turar joy binolarini qurish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar tovar bozorida to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.








