Xalqaro konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Qo‘mita raisi o‘z kirish so‘zida quydagilarga to‘xtalib o‘tdi: raqamli bozorlarni tartibga solish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish va zamonaviy mexanizmlarni joriy etishning muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, raqamli platformalar bugungi kunda nafaqat iqtisodiyotda, balki jamiyat hayotida ham muhim o‘rin tutishini qayd etib, ularni adolatli va raqobatbardosh muhitda rivojlantirish uchun ishonchli huquqiy asos zarurligini alohida e’tirof etdi.
Konferensiyaning birinchi kunida:
🔘“Raqamli bozorlarda raqobat huquqi: ilg‘or tajribalar”;
🔘“Raqamli bozorlarda sun’iy intellektning raqobat va bozor kuchiga ta’sirining ahmiyati”;
🔘“Raqamli bozorlarda integratsiyani nazorat qilish – ekotizimlarni birlashtirish holati”mavzularida panel sessiyalari bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro anjuman O‘zbekistonda raqamli bozorlarni tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish va raqobat siyosatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.