Raqobat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Transport nazorati inspeksiyasi bilan hamkorlikda fuqaroning murojaati asosida “Termiztransportxizmat” MCHJ faoliyatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganishlar davomida Termiz shahri hududida shahar yo‘lovchilar transporti (avtobus)larda har bir yo‘lovchidan yo‘lkira uchun ming so‘mdan ortiqcha haq olinayotgani ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, tegishli tartibda tasdiqlangan Termiz shahri hududida shahar yo‘lovchilar transporti (avtobus)larda bir yo‘lovchi uchun tasdiqlangan 2 000 so‘m o‘rniga “Termiztransportxizmat” MCHJ tomonidan 3 000 so‘mdan yo‘lkira haqi olingan.
Olib borilgan hisob-kitoblar natijasida, mazkur jamiyat tomonidan joriy yilning 1-mayidan 19-mayigacha bo‘lgan davrda 364 560 nafardan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilib, ulardan yo‘l haqi ortiqcha olinishi natijasida jami 364 mln 560 ming so‘m daromad olingan.
Yuqoridagilarga ko‘ra hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Termiztransportxizmat” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, ortiqcha olingan mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.