Qo‘mita iste’molchilarni ogohlantirgan kosmetologiya sohasidagi muammolar mustaqil OAV vakillari tomonidan ham tasdiqlandi
Raqobat qo‘mitasiga kelib tushgan ko‘plab murojaatlar asosida tizimli o‘rganishlar o‘tkazilganda kosmetologiya sohasida qator huquqiy bo‘shliqlar, nazorat mexanizmlarini yangi turlarini joriy etish va iste’molchilarni xavf-xatardan ogohlantirish zarurati mavjudligi aniqlangandi.
Xususan, iste’molchini sifati kafolatlanmagan xizmatdan foydalanishi oqibatida yuzi kuyib sog‘ligiga zarar yetkazilgani haqida masala Qo‘mita tomonidan o‘rganilib vakolatli organga yuborilgan.
Joriy yilning 6 oyida Raqobat qo‘mitasiga tibbiyot yo‘nalishida 200 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.
Ma’lumot uchun: shikoyatlar 2021-yilda 62 ta, 2022-yilda 115 ta, 2023-yilda 142 ta, 2024-yilda 381 tani tashkil etgan.
Bu esa o‘z navbatida, kosmetologiya sohasida nazorat qiluvchi vakolatli organlarning tartibga solish bo‘yicha ishlarini kuchaytirish zarurati mavjudligini bildiradi.